Samsung RF24HSESBSR Bedienungsanleitung Seite 149

  • Herunterladen
  • Zu meinen Handbüchern hinzufügen
  • Drucken
  • Seite
    / 188
  • Inhaltsverzeichnis
  • LESEZEICHEN
  • Bewertet. / 5. Basierend auf Kundenbewertungen
Seitenansicht 148
SUV UZATISH SHLANGINI
O'RNATISH
Suv dispenseri yangi Samsung muzlatgichidagi
foydali xususiyatlardan biridir.
Salomatligingizni yaxshilash maqsadida Samsung
suv filtri suvni ortiqcha zarralardan tozalaydi.
Shunday bo‘lsada, u mikroorganizmlarni
sterillamaydi yoki yo‘q qila olmaydi.
Buning uchun suv tozalash tizimini alohida sotib
olishingiz lozim.
Muz tayyorlagich to‘g‘ri ishlashi uchun suvning
bosimi 138 ~ 862 kPa oraliqda bo‘lishi lozim.
Normal sharoitda 170kub santimetr (5,75unsiya)
hajmdagi qog‘oz stakancha 10 soniyada to‘ladi.
Agar muzlatgich suv bosimi past (138 kPa dan
past) bo‘lgan joyga o‘rnatilsa, past bosimni
qoplash uchun kuchaytiruvchi nasos o‘rnatishingiz
mumkin.
Suv shlangini ulaganingizdan keyin muzlatgich
ichidagi suv saqlovchi idish to‘g‘ri to‘ldirilganiga
ishonch hosil qiling.
Buni tekshirish uchun suv dispenseri dastagini
quvurdan suv otilib chiqqunga qadar bosib turing.
Suv shlangini o'rnatish to'plami ushbu
qurilmaga qo'shib beriladi. Siz uni
muzxona tortmasidan topishingiz mumkin.
Suv shlangini o'rnatish qismlari
Suv liniyasi qotirgichi va
murvatlar
Quvur ulagich
Suv liniyasi
Suv ta’minoti quvuriga ulanish
1. Avval asosiy suv ta’minoti quvurini o‘chiring.
2. Eng yaqin sovuq ichimlik suvi quvurini toping.
3. O‘rnatish to‘plamidagi Suv quvurini o‘rnatish
yo‘riqnomasiga amal qiling.
DIQQAT
Suv quvuri sovuq suv quvuriga ulangan
bo‘lishi lozim.
Agar issiq suv quvuriga ulansa, u
tozalagichning buzilishiga olib kelishi
mumkin.
Asosiy suv
quvurini yopish
Asosiy suv
quvurini
yopish
Tirqishsiz
4. Suv ta’minotini suv filtriga ulagandan so‘ng,
asosiy suv ta’minotini qayta yoqing va suv
filtrini tozalash va tayyorlash uchun 3 litr
atrofida suv chiqaring.
O'zbekcha - 25
SOZLASH
DA68-03022F-02.indb 25 2014. 6. 26. �� 1:32
Seitenansicht 148
1 2 ... 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 ... 187 188

Kommentare zu diesen Handbüchern

Keine Kommentare