Samsung FG87SSTR Bedienungsanleitung Seite 113

  • Herunterladen
  • Zu meinen Handbüchern hinzufügen
  • Drucken
  • Seite
    / 144
  • Inhaltsverzeichnis
  • LESEZEICHEN
  • Bewertet. / 5. Basierend auf Kundenbewertungen
Seitenansicht 112
O’zbek - 5
01
XAVFSIZLIK BO’YICHA KO’RSATMALAR
MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH BO'YICHA KO'RSATMALAR
Ushbu qurilma Yevropa Ittifoqining me'yoriy talablariga javob
beradi.
O'rama materiallarini va qurilmani chiqitga chiqarish.
Ushbu qurilmaning o'rama materiallarini qayta ishlatish
mumkin.
Quyidagilarni qaytadan ishlatish mumkin:
Karton;
Polietilen plyonka (PE);
Freonsiz penopolistirol (polistirolli penoplast).
Ushbu materiallarni mas'uliyatli hamda hukumat me'yorlariga
mos bo'lgan ravishda chiqitga chiqaring.
Hukumat organlari sizni ishdan chiqarib tashlangan
qurilmalarni mas'uliyatli ravishda chiqitga chiqarish haqidagi
axborot bilan ta'minlay oladilar.
Xavfsizlik
Ushbu qurilma faqat malakali texnik tomonidan o'rnatilishi kerak.
Mikroto'lqinli pech xonadonlarda ishlatilish uchun
mo'ljallangan. U faqat ovqat pishirish uchun ishlatilishi kerak.
Qurilma ishlatilayotgan paytida va ishlatilganidan so'ng issiq
bo'lib turadi. Yosh bolalar qurilmaga yaqinlashishi ehtimoli bor
bo'lsa, buni nazarda tuting.
Oddiy pech yonida o'rnatish.
Mikroto'lqinli pech oddiy pech yoniga o'rnatiladigan
bo'lsa, ortiqcha qizib ketishining oldini olish maqsadida
ular orasida yetarlicha bo'sh joy qoldirish kerak, chunki
yon-atrofi uni haddan tashqari baland harorat bilan o'rab
turishi mumkin. O'z-o'zidan ayonki, o'rnatish vaqtida
oddiy pech ishlab chiqaruvchisining yo'riqlariga qat'iy
rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
Shkaf ichiga qo'yiladigan mikroto'lqinli pechni oddiy
pech ustiga o'rnatmaslik kerak, aks holda oddiy
pechdan chiqayotgan issiq havo mikroto'lqinli pechning
sovutgich tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Elektrga ulanish
Qurilma ulanadigan uy elektr tarmog'i milliy va mahalliy
talablarga javob berishi lozim.
Doimiy ulanish yaratgingiz kelsa, elektr ta'minot liniyasida
kontaktlari orasida 3 millimetrli zazor bor bo'lgan ko'p
qutbli viklyuchatel o'rnatishingiz shart.
FG87SSTR_BWT_DE68-04371A-02_RU+UK+KK+UZ.indb 5 2017-12-11  12:07:56
Seitenansicht 112
1 2 ... 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 ... 143 144

Kommentare zu diesen Handbüchern

Keine Kommentare