Samsung WW90H7410EW Bedienungsanleitung Seite 141

  • Herunterladen
  • Zu meinen Handbüchern hinzufügen
  • Drucken
  • Seite
    / 176
  • Inhaltsverzeichnis
  • LESEZEICHEN
  • Bewertet. / 5. Basierend auf Kundenbewertungen
Seitenansicht 140
O'zbekcha - 9
01 XAVFSIZLIK BO’YICHA MA’LUMOTLAR
Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.
•  Bu notog’ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo’ladi. Bunday suvga
tegmang.
•  Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud bo’lmasa, o’tirgichlar
uchun suv o’tkazmaydigan toshamalar, bo’yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
(*): Jundan qilingan choyshablar, yomg’irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang’ichilarning
shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yorgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va
mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.
•  Hattoki yorlig’ida kir yuvish mashinasi belgisi korsatilgan bo’lsa ham, qalin yoki qattiq toshamalarni 
yuvmang. Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki
kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.
•  Ushbu kir yuvish mashinasida gilamchalar yoki rezina tagligi bo’lgan gilamchalarni yuvmang. Rezina taglik 
ajralib ketishi va baraban ichiga yopishib qolishi, bu esa suv chiqarish xatoligi kabi totog’ri ishlashlarga olib
kelishi mumkin.
Kir yuvish vositasi qutisi o’z joyiga qo’yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
•  Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo’ladi.
•  Bu kuyishga sabab bo’lishi mumkin.
Qo’lingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.
•  Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo’lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab 
qolinishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo’lgan narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari,
ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.
•  Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining 
jarohatlanishi va o’limiga olib kelishi mumkin.
Sochtog’nagich, pichoq, tirnoq kabi o’tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
•  Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Odatda terini parvarish qilish vositalari do’konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki
los’onlar bilan ioslangan kiyimlarni yuvmang.
•  Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo’lishi va suvning chiqib ketishiga olib kelishi 
mumkin.
Nina tog’nag’ichlar, soch to’g’nagichlari yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda uzoq vaqt
qoldirmang.
•  Bu barabanning zanglanishiga olib kelishi mumkin.
•  Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo bo’la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping 
va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.
Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan tog’ridan-tog’ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash
vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.
•  Bu moyning oksidlanishidan hosil bo’luvchi yuqori harorat tufayli o’z-o’zidan yonib ketishga yoki birdan 
yonib ketishga olib kelishi mumkin.
Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.
•  Bu kir yuvish mashinasi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.
WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 9 2014/3/22 20:12:28
Seitenansicht 140
1 2 ... 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 ... 175 176

Kommentare zu diesen Handbüchern

Keine Kommentare