Samsung FG87SSTR Bedienungsanleitung Seite 152

  • Herunterladen
  • Zu meinen Handbüchern hinzufügen
  • Drucken
  • Seite
    / 160
  • Inhaltsverzeichnis
  • LESEZEICHEN
  • Bewertet. / 5. Basierend auf Kundenbewertungen
Seitenansicht 151
32
O'ZBEK
Yangi uzilgan sabzavotlarni tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar
Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. Boshqa miqdorda suv
tavsiya etilmagan bo‘lsa, aralashmaning har 250 grammiga 30-45 ml (2-3 qoshiq) suv qo‘shing –
jadvalni ko‘ring. Qopqoqni yopgan holda jadvalda ko’rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang.
Keyin istalgan natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring. Tayyorlash vaqtida bir marta va
tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta aralashtiring. Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin
tuz, ziravorlar yoki sariyog’ qo’shing.
Kutish vaqtida yopib qo’ying (3daqiqa).
Maslahat. Yangi uzilgan sabzavotlarni taxminan bir xil o’lchamdagi bo’laklarga ajrating.
Sabzavotlar qanchalik mayda bo’lsa, taom shunchalik tez tayyor bo’ladi.
Barcha yangi uzilgan sabzavotlar mikroto’lqinli pechning maksimal quvvati bilan (800Vt) tayyorlanishi
kerak.
Taom Porsiya Vaqt
(daq.)
Ushlab
turish vaqti
(daq.)
Ko’rsatmalar
Brokkoli 250 g 4-4½ 3 Taxminan bir xil o’lchamdagi to’pgullar tayyorlang.
To’pgullarni poyalari bilan taomning markaziga
joylashtiring.
500g 7-7½ 3
Bryussel karami 250g 5½-6½ 3 60-75 ml (5-6 qoshiq) suv qo’shing.
Sabzi 250 g 4½-5 3 Sabzini bir xil o’lchamlarda to’g’rang.
Gulkaram 250 g 5-5½ 3 Taxminan bir xil o’lchamdagi to’pgullar tayyorlang.
Katta to’pgullarni ikkiga bo’ling. To’pgullarni
poyalari bilan taomning markaziga joylashtiring.
500g 8½-9
Qovoqchalar 250 g 3½-4 3 Qovoqchalarni mayda qilib to’g’rang. 30 ml (2osh
qoshiq) suv yoki bir bo’lak sariyog’ qo’shing.
Yumshoq bo’lgunicha tayyorlang.
Baqlajon 250 g 3½-4 3 Baqlajonni mayda qilib to’rg’ang va 1 osh qoshiq
limon sharbati seping.
Porey piyozi 250 g 4½-5 3 Porey piyozini mayda qilib to’rg’ang.
Qo’ziqorin 125g 1½-2 3 Mayda butun va maydalangan qo'ziqorinlarni
tayyorlang.
Suv qo'shmang. Limon sharbati
seping. Tuz va murch qo’shing. Dasturxonga
tortishdan avval suyuqlikni to'kib tashlang.
250 g 3-3½ 3
Piyoz 250 g 5½-6 3 Piyozni to’g’rang yoki ko’ndalangiga kesing. Faqat
15ml (1oshqoshiq) suv qo’shing.
Garmdori 250 g 4½-5 3 Garmdorini mayda qilib to’rg’ang.
Kartoshka 250 g 4-5 3 Tozalangan kartoshkani torting va taxminan bir xil
o’lchamlarda qilib ikkiga yoki to’rtga bo’ling.
500g 7½-8½ 3
Taom Porsiya Vaqt
(daq.)
Ushlab
turish vaqti
(daq.)
Ko’rsatmalar
Bryukva 250 g 5-5½ 3 Bryukvani mayda qilib to’rg’ang.
TAOMNI ISITISH
Mikroto’lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga qaraganda anchagina tezroq
isitish mumkin.
Quyidagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling. Vaqt oraliqlari
taxminan +18 °C dan +20 °C gacha bo’lgan xona haroratiga ega bo’lgan suyuqliklar hamda harorati
taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo’lgan sovutilgan mahsulotlar uchun ko’rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish
Ko'p miqdordagi taomlarni, masalan katta go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling, chunki
ularning tashqi tarafi qurib ketadi, ichi esa isimaydi. Kichkina porsiyalarni isitish tavsiya qilinadi.
Quvvat darajalari va aralashtirish
Ayrim mahsulotlarni 800 Vt quvvatda isitish mumkin bo‘lsa, boshqalarini 600 Vt, 450 Vt va hatto
300Vt quvvatda isitish kerak bo‘ladi.
Qo’shimcha ko’rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda, kamroq quvvatda juda tez
isiydigan tansiq taomlar, katta miqdordagi taomlar va ovqatlarni isitish qulay (masalan, shirin piroglar).
Eng yaxshi natijalarga ega bo’lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki isitish vaqtida ag'daring. Iloji
bo’lsa dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning qaynab ketishi va
kuyib qolishini oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida
mikroto’lqinli pechda qoldiring. Suyuqlikka plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya
qilinadi. Taom buzilishiga olib keladigan ortiqcha qizib ketishiga yo’l qo’ymang.
Kamroq isitish vaqtini o’rnatish, keyin esa zarur bo’lgan hollarda vaqt qo’shish ma’qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti
Taomni birinchi marta isitganda isitish uchun ketgan vaqtni yozib olish foydalidir, chunki bunday
yozuvlarni kelajakda ishlatish mumkin.
Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.
Isitgandan keyin ma'lum vaqt kuting. Shu vaqt davomida taomning barcha qismlaridagi harorat
tenglashadi. Agar jadvalda boshqa qiymat ko’rsatilmagan bo’lsa, kutish vaqti 2-4daqiqani tashkil
qiladi. Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Shunkindek xavfsizlik
choralari bayon qilingan bo'lim bilan tanishib chiqing.
FG87SSTR_BWT_DE68-04371A-00_UZ.indd 32 5/8/2015 5:30:48 PM
Seitenansicht 151

Kommentare zu diesen Handbüchern

Keine Kommentare