Samsung FG87SSTR Bedienungsanleitung Seite 157

  • Herunterladen
  • Zu meinen Handbüchern hinzufügen
  • Drucken
  • Seite
    / 160
  • Inhaltsverzeichnis
  • LESEZEICHEN
  • Bewertet. / 5. Basierend auf Kundenbewertungen
Seitenansicht 156
37
O'ZBEK
MAXSUS MASLAHATLAR
SARIYOG’NI ERITISH
50 g sariyog’ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Yog‘
erigunicha 800 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH
100g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Shokolad erigunicha 450Vt
quvvatda 3-5daqiqa qizdiring. Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Oshxona qo’lqopdan
foydalangan holda oling!
SHAKARLANGAN ASALNI ERITISH
Shakar bosilgan 20 g asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Asal erigunicha 300 Vt
quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
JELATIN ERITISH
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling. Suvni to'kib tashlang va jelatinni
issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring. 300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Jelatinni u
eriganidan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PIROGLAR UCHUN)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv bilan aralashtiring.
Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof rangga kirgunicha
800Vt quvvatdan foydalanib, 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki
marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH
600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli kosaga
joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqni yopgan
holda 800 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring.
Burama qopqoqli jem uchun mo’ljallangan kichkina bankachalarga soling. Bankachalarni 5daqiqa
qopqog’ini pastga qilgan holda qo’ying.
PUDING TAYYORLASH
Puding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga amal
qilgan holda qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan
kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda 800Vt quvvatda 6½ daqiqadan 7½ daqiqagacha
tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
BODOMNI QIZARTIRISH
30g kesilgan bodomni o’rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying. 600Vt
quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha marta
aralashtiring. Bodomni pechda 2-3daqiqa qoldiring. Oshxona qo’lqopdan foydalangan holda oling!
MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto’lqinli pechingizda yog’li kirlar va ovqat zarrachalari to’planishining
oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak.
Pechning ichki va tashqi yuzalari
Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
DOIM eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich
yopilishini nazorat qiling.
Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi
mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda
xavfli holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan
tozalang. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq qilib arting.
2. Ichki yuzalar va rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog’larni sovunli
suvda ho’llangan latta bilan arting. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq
qilib arting.
3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo’q qilish uchun
limon sharbatiga suv qo’shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo’ying
va o’n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.
4. Tarelkani zaruratga qarab idish yuvadigan mashinada yuvish mumkin.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga YO‘L QO‘YMANG. HECH
QACHON abraziv materiallar va kimyoviy eritgichlar ishlatmang. Eshik
zichlagichlarini tozalashda ayniqsa ehtiyot bo‘ling, oziq-ovqat qoldiqlari:
ularda to’planib qolmasligiga;
eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e’tibor
qarating.
Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish
vositasi eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning
oldini olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini
kuting.
FG87SSTR_BWT_DE68-04371A-00_UZ.indd 37 5/8/2015 5:30:49 PM
Seitenansicht 156
1 2 ... 152 153 154 155 156 157 158 159 160

Kommentare zu diesen Handbüchern

Keine Kommentare